Реклама
» » Olmaxon Hayitova yangi yilning birinchi kunida vafot etdi.

Olmaxon Hayitova yangi yilning birinchi kunida vafot etdi.



O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova yangi yilning birinchi kunida vafot etdi.

O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova 1-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda Olmaxon Hayitovaning nevarasiga tayangan holda shov-shuv.uz sayti xabar bermoqda.

Sayt mualliflariga aytishiga ko‘ra, 73 yoshda bo‘lgan san’atkorning o‘limiga qandli diabet sabab bo‘lgan.


Olmaxon Hayitova 1995-2003 yillarda «O'zbeknavo» estrada birlashmasining Xorazm viloyati bo'limi rahbari, 2003 yildan esa Toshkent madaniyat institutida professor sifatida ishlagan. Repertuaridan ommabop qo'shiqlar, mumtoz ashulalar, Xorazm xalq doston qo'shiqlari, bastakor va kompozitorlarning asarlari, shuningdek, turkman, ozarbayjon xalq qo'shiqlari o'rin olgan edi.

 

Kuchli ovoz sohibasi Olmaxon Xayitova 1940 yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tavallud topgan. Olmaxon Hayitova asosan mumtoz ashulalar va xalq doston qo‘shiqlarini ijro etar edi. 1993-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 



Ps: Olmaxon Hayitovani Qarindosh,Yaqinlari va Xamkasblariga hamdardlik bildiramiz!!! 

 


2-01-2014, 11:56
Автор: SilveR
Рейтинг:
Нашли ошибку?   


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 9



[an error occurred while processing the directive]